Termiz hayvonot bogā€˜ida ikkita noyob hayvondan nasl olindi!

Termiz hayvonot bog‘ida ikkita noyob hayvondan nasl olindi!

 

Termiz hayvonot bog‘ida parvarish qilib kelinayotgan Afrika yoldor qo‘yi joriy yil 9 aprel kuni bolaladi. Asli kelib chiqishi Shimoli-sharqiy Afrika bo‘lgan yoldor qo‘y juft tuyoqlilar turkumiga mansub bo‘lib, homiladorlik davri 150-160 kunni tashkil etadi va 1-2 tagacha bolalaydi. Umr ko‘rish davomiyligi 12-17 yilni tashkil etadi.

 

Ushbu yoldor qo‘ylar oila bo‘lib yashaydi. O‘t-o‘lanlar, o‘simliklar bilan oziqlanadi.

 

Shuningdek, yana bir noyob hayvon, “O‘zbekiston Qizil kitobi”ga kiritilgan Buxoro tog‘ qo‘yi ham bolalagan. Ushbu noyob tur hisoblangan Buxoro qo‘yi O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston dashtlarida uchraydi, o‘txo‘r hayvon hisoblanadi. Homiladorlik davri 165 kunni, umr ko‘rish davomiyligi 12-15 yil yashaydi.

 

Tutqunlikda ko‘payishi qiyin bo‘lgan ushbu noyob jonivorlardan nasl olinishi, Termiz hayvonot bog‘i uchun quvonchli yangilik.