Surxondaryoda kitobxonlik haftaligi boshlandi

Surxondaryoda kitobxonlik haftaligi boshlandi

 

Surxondaryo viloyatida joriy yil 10-15 aprel kunlari viloyat axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi, Adib Sobir Termiziy nomli viloyat axborot-kutubxona markazi, Termiz davlat universiteti va boshqa tashkilot, muassasalar hamkorligida “Kitobxonlik haftaligi” o‘tkazilmoqda.

 

“Kitobsevar millat” shiori ostida tashkil etilgan, titobsevarlarning o‘ziga xos bayramiga aylanayotgan tadbirning ilk kuni Termiz davlat universitetida kitoblar sayli bilan boshlandi.

 

Haftalik kunlari viloyatda mamlakatimizdagi nashriyotlarda chop etilgan yangi mahalliy va xorijiy asarlar, yosh ijodkorlar kitoblari taqdimoti, kitobsevarlar uchun mahorat darslari, yozuvchi va shoirlar bilan uchrashuvlar, davra suhbatlari va boshqa maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar o‘tkazish mo‘ljallangan.