Boks: bugun o‘smirlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati boshlandi

Boks: bugun o‘smirlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati boshlandi

 

Bugun viloyat markazi Termiz shahrida boks bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionatiga start berildi.

 

Musobaqa 2007-2008 yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida 15 ta vazn toifasida o‘tkaziladi va unda barcha viloyatlardan 500 nafarga yaqin sportchilar ishtirok etadi.

 

Bir hafta davomida musobaqalarning davom etishi hamda bu musobaqa o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionatiga saralash vazifasini o‘tashi bilan alohida ahamiyatga egadir.

 

Chempionatning tantanali ochilish marosimida Termiz shahar hokimi O‘ktam To‘rayev ishtirok etdi.