Hokimlik soati: Ijro intizomi, “Yangi O‘zbekiston” massivlarida olib borilayotgan ishlar va boshqa masalalar muhokama qilindi

Hokimlik soati: Ijro intizomi, “Yangi O‘zbekiston” massivlarida olib borilayotgan ishlar va boshqa masalalar muhokama qilindi

 

Bugun viloyat hokimi rahbarligida hafta avvalida berilgan topshiriqlar ijrosi va kelgusidagi vazifalarni belgilab olish hamda boshqa masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan navbatdagi “Hokimlik soati” yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

 

Unda dastlab, hududlarda o‘tkazilgan o‘rganish jarayonlarida berilgan topshiriqlar, aholi tomonidan ko‘tarilgan masalalar, sayyor qabullar, tadbirkorlar qabulida kelib tushgan murojaatlar ijrosi muhokama qilindi. Sohalar va yo‘nalishlar kesimida ijro intizomi holati tahlil qilindi.

 

Har bir murojaat va topshiriqlar ijrosi qatʼiy nazoratda ekanligi taʼkidlanib, ularning ijrosini sifatli amalga oshirish, aholi tomonidan ko‘tarilgan masalalarni birinchi navbatda hal etish vazifasi qo‘yildi.

 

Shuningdek, “Yangi O‘zbekiston” massivlarida olib borilayotgan qurilish-montaj ishlarining borishi hamda kun tartibidagi boshqa masalalar ham muhokama qilindi.