Termiz shahrida muborak Ramazonning iftorlik tadbirlarini o‘tkazish davom etmoqda

Termiz shahrida muborak Ramazonning iftorlik tadbirlarini o‘tkazish davom etmoqda

 

Ramazon oyi Qurʼoni karim barokati, go‘zal xulqning fazilatlari bilan ziynatlangan muqaddas oydir. Bu ulug‘ oyda qilinayotgan duolar ijobat bo‘ladi, ibodat va xayrli amallarning ajri yuksaladi. 

 

Xayru-barokat Ramazon oyida bugun 7 aprel kuni shaharning to‘rtta sektor hududida “Chegara", “Shodlik", “Eski shahar" va “Farxod" mahallasi fuqarolari ishtirokida navbatdagi iftorlik tashkil etildi. Unda sektor rahbari va masʼullari, mahalla bosh imom xatibi, mahalla fuqarolar yig‘ini raislari, mahalladagi hokim yordamchilari hamda mahallada yashovchi  fuqarolar ishtirok etishdi.

 

Ushbu xayrli ishlar shahardagi barcha mahallalarda davom etmoqda.