Ramazon oyi iftorlik tadbirlari vohaning har bir hududida, nuroniylar, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar vakillari ishtirokida davom etmoqda.

Ramazon oyi iftorlik tadbirlari vohaning har bir hududida, nuroniylar, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar vakillari ishtirokida davom etmoqda.

 

Bugun Termiz shahridagi “Bog‘zor” mahallasidagi xonadonlarning birida o‘tkazilgan iftorlik tadbirida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov, viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov va boshqa mutasaddilar hamda mahalla nuroniylari ishtirok etishdi.

 

Tadbir yakunida muftiy hazratlari yurtimizga tinchlik, osoyishtalik, boshlangan keng ko‘lamli islohotlarning bardavomligi, dehqonchiliklarning mo‘l-ko‘lchiligini so‘rab duoga qo‘l ochdi.