JAHOLATGA QARSHI MAʼRIFAT BILAN

JAHOLATGA QARSHI MAʼRIFAT BILAN

 

Surxondaryoda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Musulmonlar idorasi hamda viloyatdagi diniy-maʼrifiy soha xodimlari tomonidan davlat tashkilotlari, keng jamoatchilik vakillari hamda yoshlar ishtirokida “Jaholatga qarshi maʼrifat bilan” mavzusida o‘tkazilayotgan davra suhbatlari davom etmoqda.

 

Xususan, bugun Sariosiyo tumani madaniyat markazi hamda hududdagi qator umumtaʼlim maktablarida o‘tkazilgan tadbirlarda so‘zga chiqqan soha xodimlari yoshlar ongida va qalbida mafkuraviy, maʼnaviy immunitetni kuchaytirish muhim ekanligini taʼkidladilar.

 

Komil insonni, sog‘lom avlodni tarbiyalash uchun g‘oyaviy bo‘shliqqa yo‘l qo‘ymaslik, bo‘shliq o‘rnini vayronkor va buzg‘uncha yot g‘oyalar egallashining oldini olish uchun esa faqat o‘qish, ilm o‘rganish joizligi davra suhbatlarida asosli tarzda tushuntirildi.