Termiz shahrida muborak Ramazonning iftorlik tadbirlarini o‘tkazish davom etmoqda

Termiz shahrida muborak Ramazonning iftorlik tadbirlarini o‘tkazish davom etmoqda

 

Ramazon oyi Qurʼoni karim barokati, go‘zal xulqning fazilatlari bilan ziynatlangan muqaddas oydir. Bu ulug‘ oyda qilinayotgan duolar ijobat bo‘ladi, ibodat va xayrli amallarning ajri yuksaladi. 

 

Xayru-barokat Ramazon oyida Termiz shahridagi to‘rtta sektor hududidagi “Mexrobod", “Tinchlik", “Nurli kelajak" va “Kattabog‘" mahallasi fuqarolari ishtirokida navbatdagi iftorlik tashkil etildi. Unda sektor masʼullari, mahalla imom xatibi, mahalla raislari, hokim yordamchilari hamda  mahalla  fuqarolari ishtirok etishdi.