«Bir musulmonning og‘irini yengil qilish — bizga ham qarz, ham farz», — Prezident

«Bir musulmonning og‘irini yengil qilish — bizga ham qarz, ham farz», — Prezident

 

Davlat rahbari joriy yil 13 mart kuni viloyatimizga tashrifi chog‘ida o‘ttiz kunlik Ramazon oyida eng og‘ir mahallada kam taʼminlanganlarni taklif qilib, iftorlik o‘tkazish, ko‘ngli o‘ksik, mo‘min-musulmonlarni og‘irini yengil qilish tashabbusini bildirib, bu borada diniy soha ulamolari va mutasaddilarga tavsiyalarini bergan edi.

 

Xayru-barokat oyi – Ramazon oyining ilk kunida Termiz shahri “O‘zbekiston” mahallasidagi oilalarning birida iftorlik tashkil etildi. Unda viloyat hokimi va sektor rahbarlari, viloyat bosh imom xatibi hamda shu mahallada yashovchi bir guruh fuqarolar ishtirok etishdi.

 

 

Iftorlikda jonliq so‘yilib, imomlar tomonidan qurʼon tilovat qilindi. Yakunda shunday muborak oyda yurtimizga tinchlik, osoyishtalik, Vatanimiz obodligi va oilalar faravonligini so‘rab duo qilindi.

 

Viloyatimiz bo‘ylab bu kabi xayrli ishlar Ramazon oyi oxiriga qadar davom etadi.