“Guliston” mahallasida intensiv usulda baliq yetishtirish loyihasi yo‘lga qo‘yiladi

“Guliston” mahallasida intensiv usulda baliq yetishtirish loyihasi yo‘lga qo‘yiladi

Termiz shahri “Guliston” mahallasi hokim yordamchisi tomonidan “Bir mahalla – bir mahsulot” tamoyili asosida xonadonlarda intensiv usulda baliq yetishtirishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. Loyihaga ko‘ra o‘lchamlari 6x5x1 metr bo‘lgan havzalar tashkil etiladi, mazkur havzalarda bir yilda o‘rtacha 500 dona, og‘irligi 1,8-2,0 kg bo‘lgan baliq yetishtirish imkoniyati mavjud.

Viloyat hokimi ushbu mahallada bo‘lib rejalashtirilgan loyiha taqdimoti va kichik o‘lchamli havzalarda baliq yetishtirish jarayonlari bilan tanishdi.

Mutasaddilarga loyihani samarali yo‘lga qo‘yish maqsadida “Surxon” daryosi bo‘yi qirg‘og‘idan 25 sotix bo‘sh yer maydonini ijara asosida foydalanish uchun fuqarolarga berish orqali, 50 dona intensiv baliq hovuzlarini joylashtirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha topshiriqlar berildi.