Firibgarlik jinoyatlarining kelib chiqish sabablari va oqibatlari.


Firibgarlik jinoyatlarining kelib chiqish sabablari va oqibatlari.

Mustaqillik e’lon qilingan dastlabki davrdan O‘zbekistonda fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, xususan, shaxs huquqining ajralmas tarkibiy qismi sanalgan bolalar huquqini ta’minlash davlat siyosati darajasidagi ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilandi. Tarixan qisqa davrda mamlakatimizda barkamol avlodni tarbiyalash sohasida ulkan muvaffaqiyatlarga erishilmoqda va bu dunyo hamjamiyati tomonidan munosib baholanmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 54-moddasiga muvofiq mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqi faqat shu mulkning egasiga taalluqli. Shuning uchun mulkiy huquqni amalga oshirishga har qanday noqonuniy aralashish ushbu huquqni jiddiy buzish deb hisoblanadi.


Mamlakatimiz ommaviy axborot vositalarida 2016 yil 27 dekabrda e’lon qilingan «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun kuchga kirdi.
Aytish kerakki, yangi qonun asosida bir qator qonunlarga, shuningdek, Jinoyat kodeksiga muhim o‘zgartishlar kiritildi. Ushbu tuzatishlar jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni kuchaytirishga, jazo tayinlashda adolat prinsipini ta’minlashga, shuningdek, jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini oshirishga ko‘maklashadi.
Bu haqda so‘z borganda, mustaqillik yillarida yurtimizda qonun ustuvorligini ta’minlash va qonuniylikni mustahkamlash, sud-huquq tizimini izchil demokratlashtirish va liberallashtirishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidlash lozim.


Qabul qilingan qonun bilan firibgarlik jinoyatlari uchun jazoning sodir qilingan jinoyatga mutanosibligini ta’minlashga, bunday qilmishlarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarning samaradorligi oshirildi. Jumladan, firibgarlik jinoyatini sodir qilganlik uchun maksimal jazo muddati kuchaytirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasiga muvofiq, Firibgarlik, ya’ni aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan o‘zganing mulkini yoki o‘zganing mulkiga bo‘lgan huquqni qo‘lga kiritish uch yilgacha, ancha miqdorda, bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa uch yildan besh yilgacha, ko‘p miqdorda, takroran yoki xavfli residivist tomonidan sodir etilgan bo‘lsa besh yildan sakkiz yilgacha, juda ko‘p miqdorda, o‘ta xavfli residivist tomonidan, uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa sakkiz yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.


Mazkur jinoyat turi bo‘yicha jazo choralarining oshirilishi yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari himoyasini kuchaytirish, jazoning adolatliligi tamoyilini ta’minlash, shuningdek, jinoyatchilikka qarshi kurash choralarining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Afsuski, so‘nggi yillarda o‘zgalar mulkini firibgarlik bilan talon-toroj qilish ko‘payib bormoqda. Firibgarlik, ya’ni o‘zganing mulkini yoki mulkka bo‘lgan huquqini aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan haq to‘lamay egallashdir.


Firibgarlik jabrlanuvchini adashishga undash orqali sodir etiladi. Buning natijasida jabrlanuvchi mulk yoki mulkka bo‘lgan huquqini ixtiyoriy va ongli ravishda jinoyatchiga topshirib qo‘yadi. Aldash va ishonchni suiiste’mol qilish firibgarlikning shakllari bo‘lib, o‘zganing mulkini yoki mulkka bo‘lgan huquqni to‘laqonli qo‘lga kiritishdan oldingi oraliq maqsadni nazarda tutadi.
Firibgarlik jinoyatini sodir etuvchi shaxslar odatda aldash yo‘li bilan ya’ni, aybdor tomonidan, bila turib, haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan yolg‘on ma’lumotlar xabar qilinishi yoki ish holati bo‘yicha mulk egasi yoki boshqa shaxsga ma’lum qilinishi lozim bo‘lgan haqiqiy faktlarni yashirish harakatlar qiladi. Odatda bu jinoyat qurbonlari juda tez ishonuvchan, kundalik turmushda yuzaga keladigan muammolarni ham o‘zgalarning yordami bilan onson hal qilishni istaydigan va yetarli darajad huquqiy bilimlarga ega bo‘lmagan shaxslardir.

Fuqarolarimiz firibgarlarlarning yolg‘on va’dalariga uchib, ushbu jinoyatning jabrlanuvchisi bo‘lib qolmasligi uchun, avalambor hayotida va kundalik turmushda yuzaga keladigan muammolarni yechimini o‘zgalarni yordamisiz topishga harakat qilish, agarda o‘zining yordamini yoki xizmatini taklif qilayotgan shaxsni harakatlari qonuniyligiga shubha paydo bo‘lsa, bu holatda bu kabi takliflarni darhol rad etish, hayotida duch keladigan har qanday muammo va savollarga qonuniy yechim topish uchun davlat organlari (jumladan virtual portallar va halq qabulxonalari) ga murojaat qilish lozim bo‘ladi.
Agarda fuqarolarning firibgarlik oqibatida huquq va manfaatlaringizga putur yetgan bo‘lib, ushbu jinoyatdan zarar ko‘rgan bo‘lsa, avvalambor ushbu voqea sodir bo‘lgan joydagi tuman (shahar) ichki ishlar bo‘limi yoki prokuraturasiga ariza bilan murojaat qilish lozim bo‘ladi.


Firibgarlik yoki boshqa bir jinoyat oqibatida jabr ko‘rganlarning huquq manfaatlari huquqni muhofaza qiluvchi organlar shu jumladan, sudlar tomonidan qonuniy himoya qilinadi.
To‘kis hayot kechirish tinimsiz mehnat va sabr-toqat talab qiladi. Agar biror kimsa sizga oson boyish, mo‘may daromad topishni taklif qilsa, bilingki, siz firibgarga duch keldingiz. Jinoyat turlari ichida eng ko‘p uchraydigani firibgarlikdir. Firibgarlikning tarixi uzun. Aslida, aldov, ta’magirlik, tuhmat, firibgarlik yo‘li bilan o‘zganing mulkiga egalik qilish kishilik jamiyati bilan bir paytda paydo bo‘lgan. Ayni chog‘da esa firibgarlikning yuzdan ortiq turi mavjud.


Ayrim firibgarlik jinoiy voqealarni oladigan bo‘lsak, jabrlanuvchilarning o‘zlari qonunlarimizni chetlab o‘tmoqchi bo‘lganliklarining guvohi bo‘lamiz. Bunday fuqarolarimiz ishlarini bitirish uchun kimlarningdir xizmatidan foydalanishga urinadilar-da, oqibatda boshlari devorga urilgandan so‘ng, bu haqda tegishli joyga murojaat qiladilar.
Qonun hamma uchun barobar va unga hamma amal qilishi shart. Qonunlarga bee’tibor bo‘lmagan inson hech qachon bunday firibgarlik jinoyati jabrlanuvchisi bo‘lib qolmaydi.
Haqiqatga tik qaraydigan bo‘lsak, firibgar ayrimlarimizning qo‘shnimiz yoki do‘stimiz bo‘lishi ham mumkin. Biroq sho‘rolar tuzumidan qolgan loqaydlik, sen menga tegma, men senga tegmayman, qabilidagi kayfiyat hamon bizni tark etmagani sabab firibgar, jinoyatchi va niyati buzuq g‘alamislarga oramizda bemalol harakat qilish imkonini tug‘dirib bermoqdamiz. Beparvolik qilmasdan o‘z vaqtida ana shunday shaxslarning qora qilmishlariga chek qo‘yilishiga o‘z hissamizni qo‘shaolsak, avvalo, bir bechorani talofotdan qutqarib qolamiz, qolaversa, jamiyat rivojiga hissa qo‘shgan bo‘lamiz.
Xulosa qilib aytganda insonning sha’ni va qadr-qimmati hurmat va e’zozga loyiq, inson qadriyatlarni toptashga uringan har qanday shaxsga qonun oldida javobgarlik muqarardir.

 

                 JIB Termiz shahar
                 sudining sudya yordamchisi           N.Xasanova