IBN SINO MARKAZIY KO‘CHASIDAGI MAVJUD KAMCHILIKLAR O‘RGANILDI.

IBN SINO MARKAZIY KO‘CHASIDAGI MAVJUD KAMCHILIKLAR O‘RGANILDI.

 

Bugun shahar hokimi O‘ktam To‘rayev boshchiligida sektor rahbarlari hamda aloqador masʼullar birgalikda piyoda yurib 8 kilometrga yaqin masofada bo‘lgan Ibn Sino ko‘chasidagi obodonlashtirish holati, yo‘llar taʼmiri, yo‘laklar qurilishi, yo‘l yoqalaridagi maydonlarda sug‘orish tizimlarini o‘rnatish ishlarining borishi ko‘zdan kechirildi.

 

Shahar rahbari o‘rganish davomida markaziy ko‘chadagi yakunlanmagan yo‘llar taʼmiri va yo‘laklar qurilishiga masʼul bo‘lgan “Transyo‘lqurilish” Surxon magistral MCHJ va Surxondaryo ko‘priklardan foydalanish unitar korxonasi mutasaddilariga aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatda bartaraf etish yuzasidan tegishli vazifalar yukladi.

 

Shuningdek, obodonlashtirish ishlarini tizimli davom ettirish, hududni tartibga keltirish va yo‘l yoqasidagi shaharsozlik normalariga mos bo‘lgan noqonuniy qurilishlarni o‘rganib chiqib, muammoni bartaraf etish bo‘yicha kadastr va shahar qurilish boshqarmasi hamda aloqador masʼul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.