Ulug‘bek Qosimov: “Kurash – Surxondaryoliklarning eng sevimli sport turi, u bilan har kuni shug‘ullanishadi”

Ulug‘bek Qosimov: “Kurash – Surxondaryoliklarning eng sevimli sport turi, u bilan har kuni shug‘ullanishadi”

 

Surxondaryo viloyatida keng nishonlangan “Navro‘z” umumxlaq bayrami sayllari doirasida o‘tkazilgan katta kurash musobaqalari yakuniga yetdi. Musobaqaning tantanali taqdirlash marosimida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, bosh sovrin – “Gentra” avtomashinasi kaliti va boshqa sovrinlar sertifikatlarini g‘oliblarga tantanali topshirdi.

 

Davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan qadimiy qadriyatlarimiz, xususan mardlik, jasurlik, vatanparvarlik g‘oyalarini o‘zida mujassam etgan milliy sportimiz bo‘lgan kurashni ommalashtirish, rivojlantirish va dunyoga tanitish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda, buning uchun Prezidentimizga minnatdorchilik bildiramiz – dedi viloyat hokimi.

 

Navro‘z bayrami shodiyonalari Surxondaryoning barcha hududlarida davom etmoqda.