Surxondaryoda tabiat uyg‘onish fasli, hayot bayrami, milliy odat va qadriyatlarimizning eng oliy timsoli bo‘lgan Navro‘z tantanalari

Surxondaryoda tabiat uyg‘onish fasli, hayot bayrami, milliy odat va qadriyatlarimizning eng oliy timsoli bo‘lgan Navro‘z tantanalari

 

Termiz shahridagi “Sanʼat saroyi”da “Navro‘z” umumxalq bayrami sayllari bo‘lib o‘tmoqda. Tadbirda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Tojikiston delegatsiyasi bilan ishtirok etmoqda.

 

Bayram sayllari ko‘tarinki ruh, katta shodiyonalar hamda o‘zgacha kayfiyatda davom etmoqda.

 

Barcha vohadoshlarimiz va viloyatimiz mehmonlarini bayram sayllariga taklif etamiz.