Termizda katta kurash musobaqasi boshlandi

Termizda katta kurash musobaqasi boshlandi

 

“Navro‘z” umumxalq bayrami sayllari doirasida Termiz tumanining “Otchopar” majmuasida katta kurash musobaqasi boshlandi.

 

Musobaqalarni kurash faxriylari, Surxonning nuroniy polvonlari boshlab berishdi. Yurtimizning barcha hududlaridan, shuningdek, qo‘shni respublikalardan tashrif buyurgan nomdor polvonlar turli vazn toifalari bo‘yicha gilamlarga chiqashadi.

 

Eslatib o‘tamiz, kurash musobaqalariga 12 bosh tuya, 12 bosh ot, 12 bosh ho‘kiz va qimmatbaho sovrinlar, pul mukofotlari hamda bosh sovringa “Gentra” avtomobili qo‘yilgan.