QO‘RIQLASH XIZMATI, MOL-MULK DAXLSIZLIGINI TAʼMINLASH BORASIDAGI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI

QO‘RIQLASH XIZMATI, MOL-MULK DAXLSIZLIGINI TAʼMINLASH BORASIDAGI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI

 

Milliy gvardiya Termiz shahar “Qo‘riqlash” bo‘limi, texnik qo‘riqlash markazi, tezkor harakatlanuvchi guruhi tomonidan mahallalarda jinoyatchilikni oldini olish, huquqbuzarliklarni profilaktika qilish hamda mulkiy turdagi jinoyatlarni oldini olish bo‘yicha aholi va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.

 

Xususan, shahar markazida joylashgan dorixona, oziq-ovqat va kiyim-kechak savdo do‘konlari tadbirkorlari o‘rtasida ham ana shunday tushuntirish ishlari olib borilib, savdo obyektlarini qo‘riqlovga topshirishlari bo‘yicha imkoniyatlar haqida batafsil maʼlumotlar berildi.