“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida o‘qituvchilar o‘rtasida Termiz shahar bosqichi musobaqasi o‘tkazildi.

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida o‘qituvchilar o‘rtasida Termiz shahar bosqichi musobaqasi o‘tkazildi.

 

Avval xabar berganimizdek, bugun 7-sonli maktabda shahardagi barcha umumiy o‘rta taʼlim maktablarining o‘qituvchilari o‘rtasida “Sog‘lom tanda - sifatli taʼlim” shiori ostida sport musobaqalari o‘tkazildi. Sportning mini futbol, shaxmat, shashka, stol tennisi va voleybol turlari bo‘yicha bo‘lib o‘tgan musobaqalar qizg‘in va murosasiz bellashuvlarga boy bo‘ldi.

Bellashuvlar yakunida  yakka bahslarda:

 

Shaxmat bo‘yicha:

 

1-o‘rin  -  Rustam Xasanov 14-maktab (erkaklar o‘rtasida)

1-o‘rin  -  Xosiyat Ashurova 1-maktab (ayollar o‘rtasida) 

 

Shashka bo‘yicha:

 

1-o‘rin  -  Jo‘rabek Davlatov 18-maktab (erkaklar o‘rtasida)

1-o‘rin  -  Zulfiya Tangriyeva 8-maktab (ayollar o‘rtasida)

 

Stol tennisi bo‘yicha:

 

1-o‘rin  -  Sherzod Umarxonov 24-maktab (erkaklar o‘rtasida)

1-o‘rin  -  Shabnam Jumayeva 9-maktab (ayollar o‘rtasida) g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar.

 

Jamoaviy  bahslar esa voleybol musobaqasida (ayollar o‘rtasida) 6-maktab jamoasi va mini futbol musobaqasida (erkaklar o‘rtasida) 7-maktab jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritib Kasaba uyushmalari federatsiyasining sovg‘alari bilan taqdirlandilar va musobaqaning viloyat bosqichiga yo‘llanmalarni qo‘lga kiritishdi.