Pedagogika institutiga 3 ming o‘rinli o‘quv binosi quriladi

Pedagogika institutiga 3 ming o‘rinli o‘quv binosi quriladi

Bugun viloyat hokimi Termiz davlat pedogogika institutida bo‘lib, Oliy ta’lim muassasasining o‘z mablag‘lari hisobidan qurilayotgan va joriy yilda foydalanishga topshirilishi belgilangan 1,5 ming o‘rinli o‘quv binosini qurish loyihasi bilan tanishdi. Qurilish ishlarini sifatli amalga oshirish va belgilangan me’yorlarga amal qilinishi bo‘yicha doimiy nazorat o‘rnatish yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berildi.

Viloyat hokimi shuningdek, 2023-2024 yillar davomida oliy ta’lim muassasasiga Investisiya dasturi asosida qurilishi belgilangan 1,5 ming o‘rinli o‘quv binosining loyiha-smeta hujjatlari bilan tanishdi. O‘quv binosini qurish uchun yer maydoni ajratilmaganligi sababli qurilish ishlari boshlanmagan. Viloyat rahbari taklif etilgan yer maydonini joyiga borgan holda o‘rganib, mas’ullarga tegishli hujjatlarni ishlab chiqish, yer maydonini ajratish va qurilish ishlarini boshlash bo‘yicha topshiriq berdi.