"Yosh kitobxon" ko‘rik tanlovi g‘oliblari taqdirlandi.

"Yosh kitobxon" ko‘rik tanlovi g‘oliblari taqdirlandi.

Joriy yilning mart oyi boshida Termiz davlat universiteti Tarix fakulteti jahon tarixi kafedrasi o‘qituvchilari tashabbusi bilan "Yosh kitobxon" ko‘rik tanlovi e’lon qilingan edi. Ikki hafta davomida yuzdan ortiq talabalar bilan bo‘lgan qizg‘in bahslar, hayajonli daqiqalar va kitoblar mualliflari bilan bo‘lgan savol-javoblardan keyin g‘oliblar aniqlandi.

Tanlovning yakuniy natijasiga ko‘ra:

1- o‘rinni 301-guruh talabasi Fazliddin Omonov
2-o‘rinni 204-guruh talabasi Ilyos Musurmonov
3-o‘rinni 303-guruh talabasi Sardor Ahmedovlar egalladilar.

Gʻoliblarga pul mukofoti, yangi chop etilgan kitoblar va faxriy yorliqlar topshirildi.