Hakim at-Termiziy ko‘chasidagi obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari o‘rganildi.

Hakim at-Termiziy ko‘chasidagi obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari o‘rganildi.

Bugun shahar hokimi O‘ktam To‘rayev boshchiligida shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i S.Muxamaddiyev va aloqador mas’ullar birgalikda Hakim at-Termiziy shoh ko‘chasidagi mavjud holatlarni joyiga chiqib o‘rgandi.

O‘rganish davomida shahar rahbari xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar bilan suhbatlashib, ularga o‘z hududlarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berdi.

Shuningdek, markaziy ko‘cha yoqasida joylashgan xizmat ko‘rsatish nuqtalariga tegishli tashqi yozuvlarning “Reklama to‘g‘risida”gi qonunga zid holatlarini hamda shaharsozlik qoidalariga mos bo‘lmagan noqonuniy o‘rnatilgan yengil konstruksiyali ko‘chma shoxobchalarni amaldagi qonunchilik asosida bartaraf etish yuzasidan masʼullarga tegishli vazifalar yuklandi.

O‘z o‘rnida, mutasaddi rahbarlar tomonidan mavjud kamchiliklar bo‘yicha berilgan topshiriqlarning ayrimlari joyida bartaraf etildi.