Termiz shahrida “Obod mahalla” dasturi doirasida amaliy seminar oʼtkazildi

Termiz shahrida “Obod mahalla” dasturi doirasida amaliy seminar oʼtkazildi
Bugun, 16-sentyabr kuni "Guliston" mahallasida “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturining ijrosini amalga oshirish bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi. Seminarda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri o‘rinbosari B.Parpiev, viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari F.Mamanov, Termiz shahar va tuman hokimlari hamda barcha sektor rahbarlari ishtirok etishdi.
Аmaliy seminarda masʼullar tomonidan dastur doirasida ishlarni tizimli tashkil etish va aholiga qulaylik yaratish borasida fikr va mulohazalar bildirildi. Maʼlumot o‘rnida joriy yil dasturdagi “Shifokor” mahallasi yakunlanib, “Guliston” mahallasida ishlar jadallik bilan olib borilmoqda.