Bugun – Surxondaryo viloyati tashkil etilgan kun

Bugun – Surxondaryo viloyati tashkil etilgan kun

 

1941 yil (bundan 82 yil oldin) – Sobiq SSSR Oliy soveti prezidiumi qaroriga asosan Surxondaryo viloyati alohida maʼmuriy birlik sifatida tashkil etildi.

 

O‘shanda hududda Termiz shahri hamda Boysun, Denov, Jarqo‘rg‘on, Sariosiyo, Termiz, Sherobod va Sho‘rchi tumanlari bo‘lgan.

 

Surxondaryo 1960 yilning 25 yanvarida Qashqadaryo viloyati bilan qo‘shilgan. 1964 yilning fevralida qayta tashkil qilingan.

 

Eslatib o‘tamiz, 1941 yilning 6 martida Andijon va Namangan viloyatlari ham tashkil etilgan.