QABRISTONLARNI YANADA OBOD QILISH YO‘LIDA.

QABRISTONLARNI YANADA OBOD QILISH YO‘LIDA.

Bugun Termiz shahridagi “Sulton Saodat” qabristonida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 4-apreldagi 101-son qarori bilan tasdiqlangan “Dafn etish joylarini saqlash, ulardan foydalanish va qabr usti yodgorliklarini o‘rnatish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablariga rioya etish va qabriston hududini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish yuzasidan seminar tashkil etildi.

Unda viloyat hokimining o‘rinbosari A.Xidirov, shahar hokimi O‘.To‘rayev, shuningdek Termiz shahar, Termiz, Angor va Jarqo‘rg‘on tumanlaridan sohaga aloqador masʼullar va diniy idora vakillari ishtirok etishdi.

Seminarda shahar va tumanlardan ishtirok etgan masʼullarga barcha qabristonlardagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda obodonlashtirish yuzasidan tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Seminar yakunidan so‘ng ishtirokchilar “Sulton Saodat” majmuasini ziyorat qilishdi.