XАLQ DEPUTАTLАRI TERMIZ ShАHАR KENGАShINING XXXV SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI

XАLQ DEPUTАTLАRI TERMIZ ShАHАR KENGАShINING XXXV SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
Sessiyada sektor rahbarlari, shahar hokimining tarmoqlar bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda aloqador tashkilot va korxona rahbarlari ishtirok etdi.
Unda kun tartibidagi birinchi masala “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi uchastka saylov komissiyalari aʼzoligiga nomzodlar tavsiya etish to‘g‘risida” Termiz shahar hokimi Xudayberdiev Isroil Bo‘rievichning axboroti tinglandi. Shundan so‘ng, sessiyada shahar Madaniyat bo‘limi tomonidan joriy yilda olib borgan faoliyati yuzasidan hisoboti tinglandi, boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.