BRIFING

BRIFING

 

Termiz shahar hokimining o‘rinbosari Tursunov Otabek Raxmatullayevich ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Mavzu: Termiz shahrida investisiya dasturi asosida amalga oshirilayotgan loyihalar va yaratiladigan ish o‘rinlari to‘g‘risida.

 

Termiz shahrini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Dasturi doirasida 2023 yilda ishga tushirilishi lozim bo‘lgan jami 93 ta loyiha mavjud bo‘lib, umumiy qiymati 646,3 mlrd.so‘mlik, loyihalarning amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, shundan 1 165 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi ko‘zda tutilgan.

Jumladan;

Sanoat sohasida jami  29 ta, 96,3 mlrd. so‘mlik loyiha shakllantirilgan va 255 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan.

Xizmat ko‘rsatish sohasida jami 64 ta, 549,9 mlrd. so‘mlik loyiha shakllantirilgan, 910 ta yangi ish yaratilishi rejalashtirilgan.

 

2023 yil davomida ishga tushiriladigan loyihalarning choraklar kesimida tahlili

 

1-chorakda –Qiymati 25,4 mlrd. so‘mlik 10 ta loyiha, 47 ta ish o‘rni,

2-chorakda –Qiymati 20,6 mlrd. so‘mlik 9 ta loyiha, 87 ta ish o‘rni,

 3-chorakda –Qiymati 111,5 mlrd. so‘mlik 24 ta loyiha, 322 ta ish o‘rni, 

4-chorakda –Qiymati 487,5 mlrd. so‘mlik 50 ta loyiha, 705 ta ish o‘rinlari yaratilishiga erishiladi. 

 

2023 yil davomida ishga tushiriladigan loyihalarning
Sektorlar kesimida tahlili

 

1-Sektorda –344,8 mlrd. so‘mlik 29 ta loyiha, 555 ta ish o‘rni,

2- Sektorda –98,1 mlrd. so‘mlik 18 ta loyiha, 145 ta ish o‘rni,

3- Sektorda –122,3 mlrd. so‘mlik 18 ta loyiha, 226 ta ish o‘rni, 

4- Sektorda –92,8 mlrd. so‘mlik 28 ta loyiha, 235 ta ish o‘rinlari yaratilishiga erishiladi. 

 

2023 yilda qo‘shimcha topshiriqqa asosan shakllantirilgan yirik va o‘rta loyihalar

 

Qo‘shimcha topshiriqqa asosan shahar va tumanlarda 2 ta yirik va 10 ta o‘rta loyihalarni shakllantirish topshirig‘i berilgan bo‘lib, Termiz shahrida umumiy qiymati 692,7 mlrd. so‘mlik 13 ta loyiha (225 ta ish o‘rni) shakllantirildi. Shundan,

Yirik loyiha – Qiymati 428,9 mlrd.so‘mlik 2 ta loyiha, 50 ta ish o‘rni, 

O‘rta loyiha – Qiymati 263,8 mlrd.so‘mlik 11 ta loyiha, 175 ta ish o‘rni, 

 

To‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investisiyalar va kreditlar yo‘nalishida 2023 yil davomida ishga tushiriladigan loyihalarning Sektorlar kesimida tahlili

 

Termiz shahrida joriy yilda topshiriqqa asosan 50,0 mln.AQSH. dollarlik 8 ta loyihalar amalga oshirilishi natijasida 119 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishiga erishiladi. Mazkur loyihalarning sektorlar kesimida taqsimoti quyidagicha:

1-Sektorda –10,0 mln.AQSH. dollarlik 1 ta loyiha, 15 ta ish o‘rni,

2- Sektorda –32,0 mln.AQSH. dollarlik 4 ta loyiha, 69 ta ish o‘rni,

3- Sektorda –5,0 mln.AQSH. dollarlik 2 ta loyiha, 25 ta ish o‘rni, 

4- Sektorda –3,0 mln.AQSH. dollarlik 1 ta loyiha, 10 ta ish o‘rinlari yaratilishiga erishiladi. 

 

2023 yil davomida Eksport prognoz ko‘rsatkichlarining bo‘yicha
Sektorlar kesimida tahlili

 

Termiz shahrida joriy yilda 10,8 mln.AQSH. dollarlik eksport progonoz ko‘rsatkichlari belgilangan bo‘lib, ushbu reja shahardagi
15 ta eksportyor korxonalar tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Jumladan:

 

1-Sektorda –2,3 mln.AQSH. dollar 3 ta korxona,

2- Sektorda –3,1 mln.AQSH. dollar 4 ta korxona,

3- Sektorda –1,7 mln.AQSH. dollar 5 ta korxona, 

4- Sektorda –3,7 mln.AQSH. dollar 3 ta korxonalar hisobidan mahsulotlar eksporti hisobiga belgilangan prognoz ko‘rsatkichlari bajarilishiga erishiladi.

 

E’tiboringiz uchun rahmat!