RASMIY MUNOSABAT

Termiz shahar hokimligi ijtimoiy tarmoq orqali “Termiz shahar «Pattakesar» mahallasi Gulshan ko‘chasining taʼmirtalab holati” bo‘yicha qilingan murojaat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026 yillarda «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2022-yil 18-martdagi 172-sonli Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Dastur doirasida 2023-yilda shaharning  «Pattakesar» mahallasining yo‘l-transport infratuzilmasi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari hamda ijtimoiy soha obyektlarini rivojlantirish va shu asosda aholining farovonligi hamda turmush darajasini yana-da yuksaltirish maqsadida 9 km ichki ko‘chalar taʼmirlanishi belgilab olingan va manzilli dasturi tasdiqlangan.

 

Jumladan, «Pattakesar» mahallasi “Gulshan” ko‘chasi ham ushbu dasturga kiritilgan bo‘lib, mazkur ko‘chaga asfalt beton yotqizish ishlari amalga oshirilishi maʼlum qilinadi.