Surxondaryo viloyatidagi umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llarida bajarilayotgan ishlar

Surxondaryo viloyatidagi umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llarida bajarilayotgan ishlar

 

Surxondaryo viloyati avtomobil yo‘llari boshqarmasi tomonidan umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llarida harakat xavfsizligini taʼminlash, qatnov qismida taʼmirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

 

Jumladan:

➖ Sariosiyo tumanida M41 “Bishkek-Dushanbe-Termiz” avtomobil yo‘lining 1444-1467 kilometrlarida 23 km uzunlikdagi qismida, 4K-625 “M41 avtoyo‘li-To‘palang suv ombori” avtomobil yo‘lining 10 km uzunlikdagi qismida;

 

➖ Denov tumanida M41 “Bishkek-Dushanbe-Termiz” avtomobil yo‘lining 1467-1498 kilometrlarida 31 km uzunlikdagi qismida, shuningdek, tumanning Sh.Rashidov ko‘chasi 4R-108B avtomobil yo‘lida;

 

➖ Sho‘rchi tumanida M41 “Bishkek-Dushanbe-Termiz” avtomobil yo‘lining 1498-1525 kilometrlarida 27 km uzunlikdagi qismida;

 

➖ Qumqo‘rg‘on tumanida M41 “Bishkek-Dushanbe-Termiz” avtomobil yo‘lining 1525-1548 kilometrlarida 23 km uzunlikdagi qismida;

 

➖ Jarqo‘rg‘on tumanida M41 “Bishkek-Dushanbe-Termiz” avtomobil yo‘lining 1548-1606 kilometrlarida 58 km uzunlikdagi qismida kartasimon va chuqurchalarni taʼmirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

 

Shuningdek,

➖ Angor tumani markazidan o‘tuvchi 4R-23 Z “Angor shahriga” avtomobil yo‘lining 5-6 kilometrlari qismida qoplama qurish ishlari, M39 “Toshkent-Termiz” avtomobil yo‘lining tuman hududidan o‘tgan qismida yo‘l elementlarini tartibga keltirish, obodonlashtirish va taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.

 

➖ Термиз shahri va Термиз tumani hududidagi avtomobil yo‘llarida kartasimon taʼmirlash va chuqurchalarni bartaraf qilish ishlari, yo‘l atrofini tozalash va obodonlashtirish ishlari, ko‘kalamzorlashtirish maydonini barpo etish va yoritish ustunlarini bo‘yoqlash, yo‘l elementlarini oqlash va qoralash ishlari, yo‘l yotiq chiziqlarini (razmetka) chizish ishlari amalga oshirilmoqda.

 

Maʼlumot uchun, ushbu ishlarga tizim korxonalarining 4 ta asfaltobeton ishlab chiqarish zavodlari, 9 ta asfaltyotqizgich, 16 ta har xil turdagi katok, 50 ta avtosamosvallar, 13 ta avtogreyder va boshqa maxsus yo‘l texnikalari jalb qilingan. Ushbu ishlarga tizim korxonalarining 1 000 nafardan ziyod xodimlari jalb qilingan. Joriy yilning 13-21 fevral kunlari jami bo‘lib, 5 ming 807 tonna issiq asfaltobeton qorishmasi yotqizildi.

 

Joriy yil 1-chorak yakuniga qadar viloyatdagi 2 ming 706 kilometr umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llarida to‘liq yamoqlash ishlari yakunlanadi hamda yo‘l ishlari mavsumi boshlanishi bilan 158,8 km o‘ta taʼmirtalab ahvolga kelib qolgan Bandixon, Qiziriq, Muzrabot, Sherobod tumanlaridagi avtomobil yo‘llarida hamda boshqa hududlardagi avtomobil yo‘llarining belgilangan qismlarida qoplamani taʼmirlash ishlari amalga oshiriladi.