Termiz shahrida hushtam salqin ichimliklar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan

Termiz shahrida hushtam salqin ichimliklar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan

Termiz shahrida 28 turdagi salqin ichimliklar ishlab chiqarayotgan “Brightly Mega Water” MCHJ korxonasi 2017 yilda tashkil etilgan. Ayni damda korxonada sharbat, sok va salqin ichimliklar ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, korxonada 28 nafar ishchilar mehnat qilishadi.

Korxonaning yillik ishlab chiqarish quvvati 250 ming tonnani tashkil etadi. Salqin ichimliklar asosan mahalliy bozorga, shuningdek, bir qismi eksport yo‘naltiriladi. Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahrini o‘rganish davomida “Sahovat” mahallasida tashkil etilgan “Brightly Mega Water” MCHJning salqin ichimliklar ishlab chiqarish korxonasida ham bo‘lib, u yerda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni ko‘zdan kechirdi.

Shuningdek, korxonada ishchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishildi. Tadbirkorning keng ko‘lamda ishlab chiqarayotgan salqin ichimliklari eksportga yo‘naltirilayotgani viloyat hokimi tomonidan alohida e’tirof etildi.

Tadbirkorning sa’yi-harakatiga yuqori baho berilib, korxonada ishlab chiqarilayotgan hushtam salqin ichimliklarning eksportini yanada oshirish va ishlab chiqarish quvvatini kengaytirish borasida taklif va tavsiyalar berildi.