“Yashil makon” umummilliy loyihasi amalda

“Yashil makon” umummilliy loyihasi amalda

Ayni kunlarda yashil hududlarni kengaytirish orqali mamlakatimizda ekologik vaziyatni yaxshilash maqsadida davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hududlarda ishlar tashkil etilgan.

Jumladan, bugun shahar Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi tashubbusi bilan loyiha doirasida Termiz shahar suv ta’minoti bo‘limiga qarashli "Shimoliy suv ishlab chiqarish havzasi" hududiga archa ko‘chatlari va 10 000 donadan ortiq tol qalamchalari ekildi.