Termiz shahrida arzonlashtirilgan yarmarkadagi hamda  bozordagi narxlar barqarorligi doimiy nazoratda

Termiz shahrida arzonlashtirilgan yarmarkadagi hamda  bozordagi narxlar barqarorligi doimiy nazoratda

Mazkur yarmarka shahar aholisi uchun qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini hamyonbop narxlarda sotib olish imkonini bermoqda.

Yarmarkada mahsulotlarni uzluksiz taʼminlash maqsadida taʼminotchi korxonalar, agrofirma va fermer xo‘jaliklari tomonidan shahrimizdagi bozorlarga 30 turdan ortiq oziq-ovqat mahsulotlari yetkazilib berilmoqda.

 Bu kabi tashabbuslar  aholiga arzon va sifatli mahsulotlarni yetkazish bilan birga narxlarning sunʼiy va asossiz ravishda oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslikka sabab bo‘ladi.

 Dehqon bozoridagi mahsulotlarning asossiz ravishda oshirilmasligi uchun Termiz shahar hokimi tomonidan tegishli maʼsullarga vazifalar berilib, ijrosi doimiy nazoratga olingan.