Termiz shahrida 148 nafar turli soha fidoyilari O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 30 yilligi esdalik nishoni bilan taqdirlandi

Termiz shahrida 148 nafar turli soha fidoyilari O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 30 yilligi esdalik nishoni bilan taqdirlandi
Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda shahar hokimi Isroil Xudаyberdiyev so‘z olib, mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ilmiy, maʼnaviy salohiyatini, tinchlik va barqarorlikni asrash, milliy madaniyatimiz va sanʼatimizni rivojlantirish, sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, yoshlarimizni vatanparvarlik va istiqlol gʼoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga qo‘shib kelayotgan ko‘krak nishoni sohiblarini muborakbod etdi.