HAR BIR HUQUQBUZARLIK UCHUN JAZO MUQARRAR!

HAR BIR HUQUQBUZARLIK UCHUN JAZO MUQARRAR!

Termiz shahar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limi inspektorlari tomonidan navbatdagi reyd nazorat tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda Ma’rifat mahallasi hududidagi Xon Saroy oshxonasi yollanma ishchisi ya’ni fuqaro D.U tomonidan maishiy chiqindilarni oshxona rahbariyatidan so‘ramasdan o‘zboshimchalik bilan oshxona yaqinida joylashgan manipulyator chiqindi konteyneriga joylashtirmasdan belgilanmagan joyga to‘kib ketganligi sababli unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 911-moddasining 1 qismiga asosan bayonnoma rasmiylashtirilib, va bazaviy hisoblash miqdorining ikki barobari miqdorida ma’muriy jarima belgilandi.

O‘z navbatida belgilanmagan joyga to‘kilgan chiqindilar joyida bartaraf qilinib, va o‘zini hududidagi konteynerga joylashtirildi. "Xon saroy" oshxonasi rahbariyatiga bunday holatlar takrorlanmasligi uchun hududda hosil bo‘lgan maishiy chiqindilarni maxsus chiqindi konteyneriga joylashtirilishini nazoratga olish vazifasi yuklatildi.

Shuningdek, shaharning “Majnuntol” mahallasida tezkor reyd tadbiri o‘o‘tkazilganda fuqaro G.A tomonidan sanitar tozalash ob’yektidan foydalanish talabini buzganligi aniqlandi. Unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 912-moddasiga asosan jarima qo‘llanildi va chiqindilar joyida bartaraf etildi.

Shu o‘rinda fuqarolarimizni hududlarda onlayn kameralar nazorati ishlayotganligi yuzasidan ogohlikka chaqiramiz. Shahrimiz tozaligi barchamizning sog‘ligimiz va ko‘rkimizdir.