Afg‘onistonda terrorizm va ekstremizmga qarshi harbiy harakatlar tugaganligining 34 yilligi munosabati bilan Motamsaro ona haykali poyiga gulchambar qo‘yish marosimi o‘tkazildi

Afg‘onistonda terrorizm va ekstremizmga qarshi harbiy harakatlar tugaganligining 34 yilligi munosabati bilan Motamsaro ona haykali poyiga gulchambar qo‘yish marosimi o‘tkazildi

Shundan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi “Veteran” jangchi-faxriylar va nogironlar viloyat kengashi jangchi-faxriylari hamda hozirgi kunda umrguzaronlik qilib yoshlarga vatanparvarlik ruxida tarbiyalashda munosib hissa qo‘shib kelayotgan mudofaa vazirligi faxriylari va nuroniylar bayram dasturxoniga taklif etildi.

Tadbirda Janubiy operativ qo‘mondonligi, Termiz shahar hokimligi, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi Surxondaryo viloyat mintaqaviy bo‘limi vakillari, viloyat Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari senator O.Soatov, viloyat MIB Faxriylar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i T.Urinov va O‘zbekiston Respublikasi “Veteran” jangchi-faxriylar va nogironlar viloyat kengashi T.Bolliyev va jangchi faxriylar hamda yoshlarni vatanparvarlik ruxida tarbiyalashda munosib hissa qo‘shib kelayotgan mudofaa vazirligi faxriylari, nuroniylar hamda Termiz garnizoni harbiy orkestr jamoasi ishtirok etdi.

Tadbirda harbiy orkestr jamoasi va Termiz shahar madaniyat bo‘limi va viloyat filarmoniya xonandalari ijrosida vatanni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar namoyish etildi.