Termiz shahrida sportning og‘ir atletika turi bo‘yicha viloyat chempionati o‘tkazildi.

Termiz shahrida sportning og‘ir atletika turi bo‘yicha viloyat chempionati o‘tkazildi.

Viloyatimizda sportning og‘ir atletika turini ommaviylashtirish va yana-da rivojlantirish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

Hususan, bugun Surxon sport majmuasida Termiz shahar hokimligi, viloyat yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi hamda viloyat og‘ir atletika federatsiyasi hamkorligida 2006 yilda tug‘ilgan va undan kichik o‘smirlar va qizlar o‘rtasida viloyat chempionati musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Qizg‘in kurashlarga boy bo‘lgan musobaqada yosh og‘ir atletikachilar g‘oliblik uchun bellashib, o‘z mahoratlarini yana bir bor sinovdan o‘tkazishdi. Yakunda chempionat g‘oliblari medal, diplom va shahar hokimligining qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandilar.