Surxondaryoda istiqlol ayyomi koʼtarinki ruhda nishonlanmoqda

Surxondaryoda istiqlol ayyomi koʼtarinki ruhda nishonlanmoqda
Kecha, mamlakatimiz mustaqilligining 30 yilligiga bagʼishlab Termiz shahridagi Sanʼat saroyi amfiteatrida viloyatning asosiy bayram tantanalari boʼlib oʼtdi.
Tadbirga ishlab chiqarish ilgʼorlari, fermer va tadbirkorlar, nuroniylar, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Tantana avvalida Surxondaryo viloyati hokimi Toʼra Bobolov voha aholisini eng ulugʼ, eng aziz bayram bilan tabrikladi.
Bayram dasturi har qachongidan oʼzgacha boʼldi. Milliy-etnografik guruhlarning chiqishlari, turli tillarda yangragan qoʼshiqlar, turli badiiy va sahna koʼrinishlari, Vatan, mustaqillik va mardlik tarannum etilgan qoʼshiqlar barchaga koʼtarinki kayfiyat bagʼishladi.