Shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi keng nishonlandi

Shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi keng nishonlandi

Surxondaryo viloyat hokimligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi va hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Termiz shahridagi “San’at saroyi”da adabiy-badiiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda professor-o‘qituvchilar, shoirlar, yozuvchilar, talaba-yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Ushbu tadbirda so‘z olganlar buyuk sarkarda, shoh, shoir va yetuk qomusiy olim Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti, ijodi, boy ma’naviy merosi xususida atroflicha to‘xtalib o‘tishdi. San’atkorlar tomonidan Bobur g‘azallaridan yaratilgan kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.

Viloyatimiz bo‘ylab buyuk bobokalonimizning 540 yilligi oliy ta’lim muassasalari, maktablar, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, madaniyat markazlari va mehnat jamoalarida keng nishonlandi.