Termiz shahrida yangidan bunyod etilgan maktabning ochilish marosimi o‘tkazildi

Termiz shahrida yangidan bunyod etilgan maktabning ochilish marosimi o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yilligi bayrami arafasida ushbu yangidan bunyod etilgan maktabning tantanali ochilish marosimida viloyat hokimi To‘ra Bobolov hamda shahar va tuman hokimlari ishtirok etishdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-aprel va 1-may kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida berilgan topshiriqlari, shuningdek, 2018-yil 19-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilga mo‘ljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4067-sonli qarori asosida Termiz shahrining “Bog‘ishamol” MFY, Farovon massividan 1540 o‘rinli umumiy o‘rta taʼlim maktabi binosini qurish belgilangan edi.
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni bayrami oldidan, mazkur yangi zamonaviy, barcha shart-sharoitlar va qulayliklarga ega bo‘lgan maktabda taʼlim o‘zbek va rus tillarida olib boriladi.
Ma’lumot uchun, 2021-2022 o‘quv yilida 1-sinfga 70 nafar o‘quvchilar 2 ta sinfga o‘qishga qabul qilinib, shundan 1 ta sinfda taʼlim o‘zbek tilida, 1 ta sinfda taʼlim rus tilida olib boriladi.
Bundan tashqari, ushbu maktabga Termiz shahrining Farovon massivi, “Bog‘ishamol”, “Kattabog‘”, O‘zbekiston MFY hududidagi 1-11 sinf o‘quvchilari to‘liq qamrab olinadi.