TERMIZDA SEMINAR: IJTIMOIY SOHA OB’YEKTLARINI ISITISHGA AUTSORSING TIZIMI JORIY ETILADI

TERMIZDA SEMINAR: IJTIMOIY SOHA OB’YEKTLARINI ISITISHGA AUTSORSING TIZIMI JORIY ETILADI

Bugun Termiz shahridagi Yoshlar markazi hovlisida “Quyosh elektr panellari”ni ijtimoiy soha, tadbirkorlik ob’yektlari va aholi xonadonlariga o‘rnatishni keng targ‘ib qilish maqsadida seminar o‘tkazildi.

Unda shahar hokimining o‘rinbosarlari, korxona va tashkilot vakillari hamda mahalladagi hokim yordamchilari ishtirok etishdi.

Seminarda ushbu faoliyat bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar tomonidan yashil energiya ishlab chiqaruvchi panellarning afzalliklari, ularni o‘rnatish tartiblari hamda foydalanishdagi qulayliklar to‘g‘risida taqdimotlar qilindi. Shuningdek, mutaxassislarning taklif va tavsiyalari tinglandi.

Jarayon davomida tijorat banklarining vakillari tomonidan panellarni sotib olishda ajratiladigan imtiyozli kreditlar bo‘yicha takliflar bildirildi.

Yakunda mas’ullarga mahallalarda belgilangan tartib bo‘yicha xonadonlarda subsidiya asosida “quyosh elektr panellari”ni o‘rnatish ishlarini tashkil etish vazifasi yuklandi.