NAVBATDAGI “HOKIM VA YOSHLAR” UCHRASHUVI O‘TKAZILDI

NAVBATDAGI “HOKIM VA YOSHLAR” UCHRASHUVI O‘TKAZILDI

Bugun, shahar hokimi O‘ktam To‘rayev "Tuproqqo‘rg‘on" mahallasi yoshlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda Surxondaryo viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i E.Narmanov ham ishtirok etdi. Uchrashuvda shahar rahbari yoshlarni qiynayotgan muammolar shuningdek, taklif va tashabbuslarini tingladi.

Xususan, yoshlarning o‘zini-o‘zi band qilish uchun subsidiya asosida asbob-uskunalar olish, sog‘ligini tiklash, kontrakt to‘lovi, imtiyozli kredit, uy-joy, ishga joylashish, moddiy yordam va tadbirkorlik kurslariga o‘qish uchun subsidiya ajratishda amaliy yordam so‘rab qilgan murojaatlari tegishli tartibda ijobiy hal etiladigan bo‘ldi.

Yakunda hal etilishi muddat talab qilinadigan murojaatlar yuzasidan masʼul rahbarlarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.