SEMINAR BO‘LIB O‘TDI

SEMINAR BO‘LIB O‘TDI

Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati, Termiz shahar Adliya bo‘limi, ichki ishlar bo‘limi, Xalq ta’limi bo‘limi, maktabgacha ta’lim bo‘limi, bandlik markazi, tibbiyot va boshqa hamkor tashkilotlar ishtirokidagi amaliy seminar o‘tkazildi.

Seminarda;

- ta’lim va tarbiya sohasiga tegishli yangi qonunlar to‘g‘risida

- ta’lim muassasalari tomonidan buyruqlar va shartnomalarni rasmiylashtirish tartibi va shartlari to‘g‘risida

- Ichki ishlar bo‘limi va ta’lim muassasalarida hamkorlik hamda yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish to‘g‘risida keng tushuntirish berildi.

Tadbirda xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati mudiri S.Abduraimov, Termiz shahar Adliya bo‘limi boshlig‘i A.Jabborov, Termiz shahar yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i V.Nazarov, Shahar IIB JXXB XPB guruh katta inspektori J.Shukurovlar hamda tegishli mas’ullar ishtirok etdi.