Shahar hokimi investor va fuqarolar bilan uchrashdi

Shahar hokimi investor va fuqarolar bilan uchrashdi

 Bugun, shahar hokimi O‘.To‘rayev hamda shahar prokurori X.Mamatqulov “Shodlik” va “Tuproqqo‘rg‘on” mahallalaridagi ekspluatatsiya muddatini o‘tab bo‘lgan va ma’nan eskirgan ko‘p kvartirali uy-joy egalari va investorlar bilan muloqot qilishdi.

 Ushbu jarayonda shahar hokimi fuqarolarga uylarini buzish va o‘rnidan zamonaviy ko‘p qavatli uylar qurish istagida bo‘lgan quruvchi investor bilan o‘zaro kelishuvga ko‘ra, mulk egalarining amaldagi qonunchilikka muvofiq bitim tuzish tartibini tushuntirib o‘tdi.

 Yakunda shahar rahbari tomonidan quruvchilarga ishlarni tizimli ravishda tashkil etishlari yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi.