SHAHAR MARKAZIDA JOYLASHGAN “TUPROQQO‘RG‘ON” MAHALLASI FAOLIYATI O‘RGANILDI

SHAHAR MARKAZIDA JOYLASHGAN “TUPROQQO‘RG‘ON” MAHALLASI FAOLIYATI O‘RGANILDI

Shahar hokimi bugun "Tuproqqo‘rg‘on" mahallasida bo‘lib, mahalla raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, yoshlar yetakchisi, 20-Tuproqqo‘rg‘on saylov okrugidan saylangan deputat va boshqaruv servis kompaniyasi hamda tegishli masʼullar faoliyati bilan tanishdi, o‘z navbatida beshlikka tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha xatlov jarayonini tez kunda yakunlash hamda natijasini hokimlikka taqdim etish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

O‘rganish davomida O‘ktam To‘rayev va aloqador masʼullar birgalikda mahallani yayov kezib, hududdagi ikki va ko‘p qavatli uylar atrofidagi obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirar ekan, ishlar o‘z holiga tashlab qo‘yilganligini keskin tanqid qildi. Mutasaddi masʼullarga bugunning o‘zida hududdagi yerlarni ag‘darish, daraxtlarni butash va oqlash hamda tayyorlangan yerga gul ko‘chatlarini ekish bo‘yicha vazifalar yuklandi.

Shuningdek, shahar rahbari mutasaddilarga hududda to‘planib qolgan chiqindilarni o‘z muddatlarida olib ketish majburiyatini bajarmaganligi sababli tegishli korxonani amaldagi qonunchilikka muvofiq jarimaga tortish hamda mahallada o‘zboshimchalik bilan qurilgan va qurilish ishlari to‘xtab qolgan binolarni qayta o‘rganib chiqib, xatlovdan o‘tkazish va kommunal soha masʼullariga ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklarni bartaraf etish tushuntirildi.

Jarayon davomida yaqinda qayta taʼmirlangan hokimlik balansidagi yotoqxona binosi ko‘zdan kechirilib, unda yashayotgan fuqarolarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Shundan so‘ng mahalladagi Hakim at-Termiziy ko‘chasi 16-uyda yashovchi fuqarolar bilan suhbatlashilib, mavjud muammoni tegishli tartibda hal etilishi taʼkidlandi. Yakunda mahalla hududidan eski 2-qavatli uy-joylar o‘rnidan zamonaviy ko‘p qavatli uylar qurilishi bo‘yicha tadbirkor bilan muloqot qilinib, yangi loyiha taqdimoti xususida fikr almashildi.

O‘z navbatida, shahar hokimi tomonidan mahallada ko‘rsatib o‘tilgan kamchilik va muammolar muddatlarida bartaraf etilishi yuzasidan qayta o‘rganish ishlari belgilandi.