Surxondaryo viloyati hokimining navbatdagi "Tadbirkorlar qabuli" bo‘lib o‘tdi

Surxondaryo viloyati hokimining navbatdagi "Tadbirkorlar qabuli" bo‘lib o‘tdi

Qabulda 47 nafar tadbirkorning turli masalalardagi 60 ta murojaati tinglandi. Murojaatlarning 15 tasi joyida ijobiy hal etildi. Ayrim murojaatlarga huquqiy tushuntirish berildi. Ijrosi muddat va qo‘shimcha o‘rganish talab qiladigan murojaatlar ijro uchun mas’ullarga yo‘naltirilib, viloyat hokimligi tomonidan nazoratga olindi.