Surxondaryoliklar Bahodir Jalolovni sharaflamoqda

Surxondaryoliklar Bahodir Jalolovni sharaflamoqda

Bugun Termiz shahrida Tokioda boʼlib o‘tgan XXXII-yozgi olimpiya oʼyinlarida sportning boks turi boʼyicha oltin medalni qoʼlga kiritgan Bahodir Jalolovni tantanali kutib olish va taqdirlash marosimi boʼlib oʼtdi.

Davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, nuroniylar, talaba-yoshlar va yosh sportchilar ishtirok etgan tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi T.Bobolov mahoratli bokschimizni erishgan gʼalabasi bilan muborakbod etib, unga “Shkoda” yengil avtomashinasining kalitini topshirdi.

Sanʼatkorlar ijrosidagi kuy-qoʼshiqlar yangradi. Yoshu-keksa vohaning mard oʼgʼloni Bahodir Jalolov bilan esdalik uchun suratlarga tushdi. Gullar tuhfa qilindi.

Аyni paytda Bahodir Jalolov kamolga yetgan olis va chekka Sariosiyo tumani aholisi yengilmas bokschi bilan uchrashib, uni faxr-iftixor bilan sharaflamoqda.