Guliraʼno mahallasi infratuzilmasidagi kamchiliklar va ijtimoiy soha obyektlari holati o‘rganildi.

Guliraʼno mahallasi infratuzilmasidagi kamchiliklar va ijtimoiy soha obyektlari holati o‘rganildi.

Bugun Termiz shahar hokimi O‘ktam To‘rayev boshchiligida tegishli mutasaddilar «Guliraʼno» mahallasida yig‘ilishdi. Dastlab mahalla binosi va unda yaratilgan sharoitlar bilan tanishildi. Shundan so‘ng shahar rahbari va masʼullar mahalla ko‘chalarida yurib, aholi tomorqasidagi joylarni tartibga keltirish va obodonlashtirish shuningdek, mahalladagi 26-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti hududini ham mavsumga tayyorlash va poydevorini bo‘yoqlash ishlarini tashkil etish yuzasidan masʼullarga ko‘rsatmalar berdi.

Navbatdagi manzil 12-sonli umumtaʼlim maktabi bo‘ldi. Shahar rahbari tomonidan maktab faoliyati va o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, isitish tizimi, sport zallari hamda maydonlarining holati ko‘zdan kechirdi. Maktab hududini ko‘kalamzorlashtirish, hovliga kirish yo‘lagi yonlariga rayhon ko‘chatlarini ekish va maktabning oldi tomonida trotuar yo‘lagini qurish bo‘yicha tegishli masʼullarga topshiriq berildi.

Keyingi manzilda shahar rahbari suv sporti turlariga ixtisoslashtirilgan maktab faoliyati bilan tanishdi va mas’ullarga aholi o‘rtasida ommaviy sport turlarini targ‘ib qilish, shuningdek, muassasada obodonlashtirish va tozalik ishlarini olib borish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.