XALQ DEPUTATLARI TERMIZ SHAHAR KENGASHI FAOLIYATI

XALQ DEPUTATLARI TERMIZ SHAHAR KENGASHI FAOLIYATI

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 408-sonli qarori asosida Termiz shahrida 2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida Abdurahmon Jomiy mahallasida amalga oshiriladigan obyektlarni xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati M.Xolova va mahalla raisi A.Keldiyev tomonidan o‘rganildi. Abdurahmon Jomiy mahallasida joylashgan 55-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining bolalar o‘yingohi qurilishi  “Fayz istiqlol bunyodkori” MChJ tomonidan yakunlangan. Mahallaning 0,1 km ichki yo‘llarini ta’mirlash ishlari hali boshlanmagani aniqlandi.