Surxondaryo viloyatining 13 ta tumanida yangi hokimlar ish boshladi

Surxondaryo viloyatining 13 ta tumanida yangi hokimlar ish boshladi

Bugun viloyatning 13 ta tumanida, xususan Angor, Bandixon, Boysun, Denov, Jarqo‘rg‘on, Qiziriq, Muzrabot, Oltinsoy, Sariosiyo, Termiz, Uzun, Sherobod va Sho‘rchi tumanlari Xalq deputatlari Kengashlarining navbatdan tashqari sessiyalari bo‘lib o‘tdi. Tuman Kengashlari sessiyasi ishida Prezident Adminstratsiyasi masʼullari, Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, deputatlar, viloyat va tumanlar hokimliklari vakillari, korxona va tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi.

O‘tkazilgan navbatdan tashqari sessiyalarda tashkiliy masala ko‘rilib, ushbu tumanlarga yangi hokimlar tasdiqlandi.