“HOKIM VA YOSHLAR” UCHRASHUVI O‘TKAZILDI

“HOKIM VA YOSHLAR” UCHRASHUVI O‘TKAZILDI

Bugun, Termiz shahridagi Matbuot uyida shahar hokimi, 1-sektor rahbariga biriktirilgan 20 nafar muammosi bor yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda shahar rahbari O‘ktam To‘rayev yoshlarning kelgusidagi rejalari haqida samimiy muloqot qilib, ularni qiynayotgan muammolar shuningdek, taklif va tashabbuslarini tingladi.

 Uchrashuvda yoshlarning to‘lov kontrakt, IT sohasida o‘qish, shuningdek davolanish uchun moddiy yordam, ish bilan taʼminlash va subsidiya asosida asbob-uskuna so‘rab qilgan murojaatlari tegishli tartibda ijobiy hal etilishi belgilandi.

 Yakunda ayrim yoshlarning oilaviy sharoitini joyiga borib o‘rganish shuningdek, hal etilishi muddat talab qilinadigan murojaatlar yuzasidan mutasaddi rahbarlarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.