HASHAR – ELGA YARASHAR

HASHAR – ELGA YARASHAR

Hashar – barchamizga ma’lumki, xalqimiz orasida udumga aylangan ijtimoiy hamkorlik va beg‘araz yordam shakllaridan biridir.

Bunyodkorlik, obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, bog‘ yaratish xalqimizning azaliy xislatlaridan sanaladi. Zero, o‘zimiz yashab turgan joyni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish tufayli ko‘nglimiz shodlikka to‘ladi.

Termiz shahrida e’lon qilingan hasharning bugun ikkinchi  kuni ham erta tongdan ko‘tarinki kayfiyatda boshlandi.

Vohamiz obodonlashtirish tizimi mehnatkashlari  o‘zaro hamjihatlikda mazkur tadbirda shahrimiz mahallalari, ko‘cha va xiyobonlari, aholi turar joylarini obodonlashtirish ishlarini davom ettirdilar.

Ushbu jarayon davomida xasharchilarga  doshqozonlarda osh damlanib, to‘kin dasturxon yozildi.