HASHAR – HAMJIHAT ELGA YARASHAR

HASHAR – HAMJIHAT ELGA YARASHAR

Avval xabar berganimizdek, 17-18 yanvar kunlari Termiz shahrida eʼlon qilingan hasharning birinchi kuni bugun erta tongdan ko‘tarinki kayfiyatda boshlandi.

Xalqimizga xos bag‘rikenglik, o‘zaro hamjihatlikni o‘zida mujassam etgan ushbu tadbirda shahrimiz mahallalari, ko‘cha va xiyobonlari, aholi turar joylarini obodonlashtirish ishlari uyushqoqlik bilan amalga oshirildi.

Inson qadri uchun shart-sharoitlarni yana-da yaxshilashga qaratilgan ushbu hasharda viloyatimiz tumanlaridan yordamga kelgan vohadoshlarimiz uyushqoqlik bilan faollik ko‘rsatishdi.

Hasharda shahrimizdagi barcha markaziy ko‘chalar, shuningdek, tashkilot va muassasalar hududlarini tozalash va obodonlashtirish, yer maydonlarini mavsumiy gul va daraxt ko‘chatlari ekishga tayyorlash ishlari qizg‘in amalga oshirildi. Zarur texnikalar jalb etildi. Tadbir davomida xasharchilarga  doshqozonlarda osh damlanib, to‘kin dasturxon yozildi.

Ushbu xayrli tadbir ertaga ham davom etadi. Siz ham unda faol ishtirok etib, o‘z hissangizni qo‘shing.